AQŞ 7 oktabrda Afğoniston mudofaa kuçlarini qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida Afğonistonga ikkita Black Hawk harbiy vertolyotini topşirdi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar bermoqda.
Telekanalning ta'kidlaşiça, AQŞ hammasi bölib Afğonistonga 150 ta Black Hawk beradi. Kobul birinçi partiyani ötgan oyda olgan, qolgan vertolyotlar yaqin orada yetkaziladi.
Avvalroq Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani Qobul harbiy-havo kuçlari parkini yangilamoqçiligini ma'lum qilgan. Turli ma'lumotlarga köra, xorijiy hamkorlar, jumladan AQŞ bu maqsadda 6-7 mlrd dollar ajratadi.












