AQŞning Texas ştatida harbiy vertolyot xato tufayli maktab binosi tomiga içida öq-dorilar bölgan konteynerni taşlab yubordi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Foto: Amanda Silva

Ta'kidlanişiça, hodisa El-Paso şahrida yuz berdi. Fort Bliss harbiy bazasidan parvoz qilgan vertolyot maktab binosi uzra uçib ötayotib, tasodifan öq-dorilarni taşlab yuborgan. Şu bilan birga, konteyner tomni teşib ötib, bino içiga tuşgani aytilyapti. Politsiyaçilar barça öq-dorilarni yiğib çiqişdi va ularni harbiy bazaga qaytarib olib kelişdi.

«Men boşlanğiç maktabga yetkazilgan zarardan juda afsusdaman. Şundan xursandmanki, heç kim jabrlanmadi», - deya ma'lum qildi harbiy baza qömondoni, polkovnik Jyey Xopkins.

Olingan ma'lumotlarga köra, ayni damda röy bergan voqea tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Bundan taşqari, bunday vaziyatlar kelajakda yuz bermasligi uçun parvozlar yönalişi özgartiriladi.