14:42 / 15.02.2021
5990

Nukusdagi uy qulamagan, bino devorlari qayta tiklash uchun buzilgan – vazirlik

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari bilan birgalikda Nukus shahridagi uylardan biri qulab tushgani haqidagi xabar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi.

Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘p qavatli binoning loyiha hujjatlari «Arx energo proyekt» MChJ tomonidan ishlab chiqilib, «Nukus Shaxzoda Afruz» MChJ tomonidan qurilayotgan bo‘lgan. Aniqlanishicha, o‘sha holatda Tatibayev ko‘chasi bo‘yida joylashgan 5 qavatli turar joy binosining qurilish davrida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida imoratda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari to‘xtatilib, turar joy binosining devorlari qayta tiklash uchun buzilayotgan bo‘lgan.

Avvalroq mahalliy nashrlarda Nukus shahri Tatibayev ko‘chasi bo‘yida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining 3-4-qavatlari qulab tushgani haqida xabar tarqalgandi. 

Top