14:10 / 06.03.2021
4433

Yanvar oyida qariyb 5 million dollarlik pomidor eksport qilindi

Joriy yilning yanvar oyida 7,4 ming tonna pomidor eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p.

O‘zbekiston 2021 yil yanvar oyida qiymati 4,9 million dollarga teng bo‘lgan 7,4 ming tonna pomidor eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2019 yil yanvar oyida 2,1 ming tonnani, 2020 yil yanvar oyida esa 2,9 ming tonnani tashkil qilgan.

2021 yilning yanvar oyida eng ko‘p pomidor eksport qilingan davlatlar sifatida Rossiya (3,6 ming tonna), Qozog‘iston (2,9 ming tonna) va Qirg‘iziston (542,1 tonna) qayd qilingan.

Yanvar oyida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilishda yetakchi bo‘lgan hududlar:

  • Sirdaryo viloyati – 1,7 ming tonna
  • Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna
  • Xorazm viloyati – 964,7 tonna
  • Toshkent viloyati – 718,0 tonna
  • Surxondaryo viloyati – 717,1 tonna

Yanvar oyida Qashqadaryo (3,5 tonna) va Navoiy (65,4 tonna) viloyatlarida pomidor eksporti keskin kamayib ketganini, bu viloyatlardan Rossiyaga pomidor eksporti bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar bilan izohlash mumkin.

«Rosselxoznadzor» (Rossiya Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha federal xizmati) 2021 yil 3 martdan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning oltita korxonasidan (Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi) pomidor olib kirishga ruxsat bergani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top