Italiya huquqni muhofaza qilish organlari vakillari Ndrangeta mafiya guruhining yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan a'zosini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda VVS.
Xabarda aytilishicha, u o‘zining pazandalik to‘g‘risidagi YouTube-kanali tufayli qo‘lga olingan.
Mark Feren Klod Byart Dominikanda ushlangan va tez orada Italiyaga ekstraditsiya qilinadi.
So‘nggi yillarda 53 yoshli Byart Dominikandagi Boka-Chika shahrida osoyishta hayot kechirgan. U pazandalik blogini yuritib kelgan, ammo yuzini ko‘rsatmagan. Politsiya uni tatuirovkalari orqali tanib qolgan.
Ndrangeta dunyodagi eng yirik jinoiy guruhlardan biri hisoblanadi. Mafiya a'zolari kokain kontrabandasi bilan shug‘ullanishda gumon qilinadi.