22:46 / 06.04.2021
1818

Surxondaryoda ikki bosh qora molni o‘g‘irlagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ikki bosh qoramolni o‘g‘irlagan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi. Ularga Tojikistondagi institutlardan birida o‘quvchi talaba yigit sherik bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 27 mart kuni Boysun tumanning Shifobuloq mahallasida yashovchi N.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 25 mart kuni taxminan soat 22.00 lar chamasida, yashash uyining orqa tomonida joylashgan molxonasidan noma'lum shaxslar narxi 4. million so‘m bo‘lgan1 bosh qora moli va narxi 3 million so‘m bo‘lgan 1 bosh xo‘kizini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi maktab o‘quvchilari, A.R., M.M. va Tojikistonda joylashgan institutlardan birining talabasi S.E. lar sodir etgani aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar – ikki bosh qoramol qaytarib olingan. 

Qayd etilishicha, 29 mart kuni ota-onasi tomonidan e'tiborsiz qolishi, nazorat o‘rnatilmaganligi natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan A.R., M.M. va S.E. larga nisbatan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top