Termiz şahrida yaşovçi şaxs ikki nafar fuqaroni Termiz davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişini aytib, ularning biridan 5,5 ming, ikkinçisidan 2 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olib, özlaştirib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 19 mart kuni Qumqörğon tumani M.Qoraboyev mahallasida yaşovçi, A.T. va Şerobod tumani Ğambur mahallasida yaşovçi, M.H. (ayol) Termiz şahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ular öz arizasida firibgarning yolğonlari bois moddiy zarar körganini bildirgan.
Arizaga muvofiq ötkazilgan suriştiruvda, Termiz şahrining Boğişamol mahallasida yaşovçi, şaxs 2018 yil oktabr oyida T.A.ni Termiz davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişini bildirgan. T.A. unga işonib, 5,5 ming dollarni berib yuborgan.
Firibgar şaxs 2019 yilning yanvar oyida M.H.ni ham şu universitetga öqişga kiritişini aytib, uning işonçiga kirgan. Undan ham 2 ming dollarni olib, özlaştirib ketgan.
Qayd etilişiça, 2021 yil 25 mart kuni firibgarlik yöli bilan moddiy manfaat köriş maqsadida uşbu jinoyatni sodir etgan K.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi «b» bandi bilan jinoiy iş qözğatilgan.











