08:36 / 22.04.2021
2750

Buxoro davlat tibbiyot instituti Times Higher Education (THE) xalqaro reytingidan o‘rin oldi

2021 yil 21 aprelda dunyo universitetlari reytingi – Times Higher Education agentligi tomonidan University Impact Ranking natijalari e'lon qilindi. Unga binoan, Buxoro davlat tibbiyot instituti 100 balldan 36.9 ball to‘plab, umumiy reyting bo‘yicha dunyoning 1115 ta universiteti orasida 801-1000 o‘rinni qayd etdi. 

University Impact Ranking 2015 yilda BMTga a'zo barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan bo‘lib, u dunyo universitetlarining o‘z mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini baholash uchun yaratilgan. 

Buxoro davlat tibbiyot instituti 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlaridan 5 tasida ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdi:

-  sog‘liqni saqlash: 49.0 ball – 401-600 o‘rin (871 ta OTM o‘rtasida);
-  ta'lim sifati: 33.9 ball – 601-800 o‘rin (966 ta OTM o‘rtasida);
-  infrastruktura va innovatsiya: 14.9 ball – 601+ o‘rin (680 ta OTM o‘rtasida);
-  gender tengligi: 44.5 ball - 301-400 o‘rin (669 ta OTM o‘rtasida);
-  barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik: 17.6 ball – 1001+ o‘rin (1154 ta OTM o‘rtasida).

Reytingdan, shuningdek O‘zbekistonning boshqa 11 ta OTMlari ham o‘rin olishdi.

Top