2021 yilning 21-22 yanvar kunlari prezident Şavkat Mirziyoyevning hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanişiş maqsadida Buxoro viloyatiga amalga oşirgan taşrifi doirasida soğliqni saqlaş sohasi xodimlariga ham bir qator topşiriqlar berilgan edi. Jumladan, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Şuhrat Teşayevga institut faoliyatini isloh qiliş hamda amaliy faoliyatni asosan çekka hududlarda amalga oşiriş vazifasini qöygandi.

Aholiga birlamçi tibbiy-sanitariya yordami körsatişni yanada yaxşilaş, kasalliklar profilaktikasi, aholi örtasida soğlom turmuş tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni tarğib qiliş maqsadida joylarda institutning klinik kafedra filiallari oçildi. Muassasalarda sohaga oid fanlarni öqitiş uçun ma'ruza xonalari taşkil etildi. Talaba va professor-öqituvçilar joylarda maşğulotlar olib bormoqda.

Ayni kunlarda tibbiy maşğulotlar tuman tibbiyot birlaşmalarida institut rektori Şuhrat Teşayev boşçiligida davom etyapti. Jondor tumani aholisi köz kasalliklari bilan oğriş böyiça viloyatda birinçi örinda turadi. Şu sababli bu yerda «Reabilitologiya va sport tibbiyoti» va «Oftalmologiya» kafedrasi filiallari faoliyat boşladi.

Fan öqituvçilari bu yerda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda tibbiy muassasalarga murojaat qilayotgan fuqarolarni qabul qilib, ularga tegişli körsatma beriş, davolaş yoki taalluqliligi böyiça markazdagi kasalxonalarga yuboriş bilan şuğullanişmoqda. Şuningdek, talabalar özlari uçun tayyorlangan ma'ruza xonalarida darslarda iştirok etiş bilan birga, poliklinika tibbiy brigadalariga biriktirilgan holda tibbiy köriklarda iştirok etişyapti. Bu kabi klinik kafedralar barça tumanlardagi şifoxonalar bazasida taşkil etilib, yuqori kursda tahsil oluvçi talabalar professor-öqituvçilari nazorati ostida amaliy maşğulotlarni ötamoqda. 

Ma'lumot örnida aytiş mumkin, institut professor-öqituvçilari tomonidan hozirgi kunga qadar tumanlarda 100 ga yaqin operatsiya, 1350 nafar bemorga konsultativ yordam körsatildi.