Bloger Umid Ğofurov Buxoro davlat tibbiyot institutida korrupsiya avj olgani haqida ma'lum qilgan, öz navbatida OTM bu iddaolarni rad etgandi. Kun.uz 5 aprel kuni ikki tomon fikrlarini keltirgan holda, ba'zi savollar oçiq qolayotgani haqida xabar bergandi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi holat yuzasidan öz örganişlari xulosalarini taqdim etdi.
Har ikki idora institut davlat xaridlari böyiça qonun talablarini buzganini tasdiqlagan.
Bungaça nimalar ma'lum edi?
Umid Ğofurovning aytişiça, «Odam anatomiyasi» darsligi mualliflaridan biri va ayni vaqtda institut rektori v.v.b. Şuhrat Teşayev «Bitubi Grupp» MÇJ ta'sisçisi Eduard Itskov bilan kelişgan holda, bir neçta şartnomalar orqali 1,4 mlrd sömga yaqin institut pullarini şu korxonaga köçirib bergan.
Bloger, şuningdek, bu darslikni çop etiş böyiça buyurtmalar şubhali tarzda «Bitubi Grupp» MÇJga berilayotgani, darslik talabalarga majburan sotilayotganini ta'kidlagan.
OTM esa uşbu ma'lumotlarni rad etib, institut kitob çop etiş böyiça şartnomalarni birja orqali qonun doirasida amalga oşirgani, şartnomalarning aksariyati Ş.Teşayev hali rektor bölmagan vaqtda tuzilganini bildirgan.
Na litsenziyasi va na ruxsatnomasi bor korxona bilan şartnoma tuzilgan. Aksilkorrupsiya agentligi xulosasi

Agentlik Buxoro viloyati prokuraturasi bilan birga ötkazgan tekşiruvlarda aniqlanişiça, haqiqatan ham Buxoro davlat tibbiyot institutining kutubxona fondini boyitiş maqsadida «Bitubi Grupp» MÇJdan 721,2 mln sömlik jami 1 725 dona «Odam anatomiyasi. Atlas» kitobi xarid qilingan. Şundan 602,2 mln söm talabalarning tölov-kontraktidan tuşgan mablağlar hisobiga, 119 mln söm budjet mablağlari hisobiga amalga oşirilgan. Kitoblar hisobxona balansiga töliq kirim qilingan va sanoqdan ötkazilganida kamomad aniqlanmagan.


















