Tadbirda 52 nafar magistratura bosqiçi bitiruvçilariga diplomlar topşirildi.

Ma'lumot örnida, hozirgi kunda Buxoro davlat Tibbiyot institutida 8 ta fakultet va 42 ta kafedra, 12 ta bakalavr va 24 ta magistratura yönalişlari mavjud. Kelgusi öquv yilida yana 2 ta yangi fakultet, 3 ta kafedra, 1 ta bakalavr va 6 ta magistratura ta'lim yönalişlarini oçiş rejalaştirilgan. Şuningdek, “Tibbiyotda nanotexnologiya”, “Raqamli tibbiyot”, “Biologiya: bioinjiniring texnologiyalari”, “Biokimyo (tibbiyotdagi genetika)” kabi yönalişlar böyiça yetakçi xorijiy universitetlar bilan qöşma ta'lim dasturlari sonining yanada köpayişi kutilmoqda. Hozirgi kunda institutda 5409 nafar talaba tahsil olayotgan bölsa, yangi öquv yilida yangi yönalişlarning oçilişi natijada talabalar soni 6963 nafarga yetadi.

2020 öquv yilida Buxoro davlat Tibbiyot institutida 400 nafar çet ellik talaba tahsil oldi. Joriy öquv yilida esa Hindiston, Pokiston, Qozoğiston, Tukmaniston, Tojikiston, Ozarboyjon, Rossiya Federatsiyasi va boşqa mamlakatlardan 600 nafar talaba tahsil olmoqda. Yana bir muhim yutuqlardan biri Hindiston xalqaro Noida universiteti bazasida Buxoro davlat Tibbiyot instituti filialining oçilişi xorijlik talabalar sonining ortişiga xizmat qiladi.

Joriy yil yakuniga qadar institut ilmiy salohiyati 43,2 foizni taşkil etadi. Oliygohda 450 professor-öqituvçilar mehnat qilmoqda. Şundan 40 ta fan doktori, 160 ta fan nomzodi, 34 ta asosiy doktorant, 8 ta doktorant va 74 ta mustaqil tadqiqotçi faoliyat körsatmoqda. Institutning beş nafar olimi xorijda dissertatsiya himoya qilgan.

Joriy öquv yilida institut bazasida 30 ta ilmiy iş himoya qilinişi rejalaştirilgan. Şuningdek, “Mikrobiologiya va virusologiya” va “Yuqumli kasalliklar” mutaxassisliklari böyiça ilmiy kengaş tuziladi.

Buxoro davlat tibbiyot institutining 44 talabasi 2021 yilda respublika va xalqaro olimpiadalarda sovrinli örinlarni egallab, nufuzli stipendiyalarga sazovor bölişdi.

2021 yilda institutning yangi kampusi foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. Unda talabalar şaharçasi, poliklinika va talabalar turar joylari qurilişi tugallanadi. Bu yerda molekulyar genetik laboratoriya, öquv va simulyatsiya markazi, dorivor ösimliklarni yetiştiriş uçun yer ajratiş, kiçik ilmiy va amaliy-an'anaviy tibbiyot sohasida farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş uçun zavod taşkil etiladi.