14:34 / 11.09.2021
11464

Rossiya Tojikistonga razvedka mashinalari va o‘qotar qurollar taqdim etdi

Qayd etilishicha, Rossiya harbiy texnikasi Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida berilgan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vazirligi Tojikiston qurolli kuchlariga 12ta zamonaviy BRDM-2M zirhli razvedka mashinalari, o‘qotar qurollar, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vositalarini taqdim etdi.

«Bu Tojikiston qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini oshiruvchi ishonchli va sinalgan texnikadir», — dedi general-mayor Yevgeniy Tsindyaykin.

Qayd etilishicha, Rossiya harbiy texnikasi Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida berilgan.

Avvalroq Rossiyaning Tojikistondagi bazasiga 30ta zamonaviy tank berilishi ma'lum qilingandi.

Top