Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘z armiyasida so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta islohotni o‘tkazadi
Xitoy armiyasida strategik qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar tarqatib yuboriladi va yangi bo‘linma – axborot ta’minoti kuchlari tashkil etiladi.
Hukumat xabariga ko‘ra, bu buyruq Xitoy rahbari Si Jinping tomonidan berilgan. Bloomberg bu o‘zgarishlarni 2015 yildan beri Xitoy armiyasidagi eng katta islohot deb atamoqda.
Strategik qo‘llab-quvvatlash kuchlari to‘qqiz yil oldin, 2015 yilda kiberurush va siyosiy qarama-qarshilikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun paydo bo‘lgan edi. Ilgari ushbu tuzilmaga bo‘ysungan aerokosmik va kiberqismlar mustaqil bo‘lib, axborotni ta’minlash kuchlari bilan parallel ravishda ishlagan.
Si Jinping ta’kidlaganidek, yangi bo‘lim «kiberaxborot tizimini yaratish va undan foydalanishni muvofiqlashtirishda asosiy yordamni beradi».
Islohotlar AQSh bilan global ta’sir uchun raqobat, shuningdek, G‘arb davlatlarining hakerlik faoliyatida ayblovlari fonida sodir bo‘lmoqda. Xitoy armiyasining dengiz tadqiqotlari akademiyasining sobiq katta ilmiy xodimi Sao Veydong so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar qurolli kuchlarning urushning «axborot» sharoitlariga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.
Strategik qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarning avvalgi qo‘mondoni Tsyuy Tsyanshen o‘tgan yilning o‘rtalarida omma oldiga chiqishni to‘xtatdi. 2023 yilda Xitoy hukumati armiyada keng tarqalgan korrupsiyani aniqlagandan so‘ng, yuqori qo‘mondonlik tarkibida keng ko‘lamli «tozalashni» amalga oshirdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
14:15 / 21.05.2026