Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston armiyasi shtab boshlig‘i O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurdi
Kecha Hindiston Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari shtab boshlig‘i general Manoj Pandening O‘zbekistonga to‘rt kunlik tashrifi boshlandi.
Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Hindiston armiyasining yuqori martabali vakili O‘zbekiston Mudofaa vazirligida qabul qilindi.
O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashuv doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik istiqbollari, shuningdek, bugun "Termiz" poligonida boshlangan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari beshinchi bosqichining borishi muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, Hindiston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida bo‘lib, u yerdagi tarixiy eksponatlar bilan tanishdi.
General Manoj Pande tashrif doirasida O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida Hindiston ko‘magida tashkil etilgan axborot texnologiyalari laboratoriyasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda. U "Termiz" poligonida o‘tkazilayotgan "Do‘stlik-2024" beshinchi O‘zbekiston-Hindiston harbiy mashg‘ulotlarini kuzatadi va ko‘hna Samarqandga tashrif buyuradi.
Hindiston Qurolli Kuchlari armiyasi generali, shuningdek, Toshkentda Hindistonning sobiq bosh vaziri Lal Bahodur Shastri xotirasiga hurmat bajo keltiradi va G‘alaba bog‘ini ziyorat qilib, O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasini qayd etadi.
Mavzuga oid
08:03 / 16.05.2026
Dunyodagi eng katta armiyalar: yetakchi davlatlar ma’lum bo‘ldi
17:56 / 07.05.2026
Armiyada sun’iy intellekt va dronlar davri: prezident yangi vazifalarni belgiladi
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026