Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi 30ta zamonaviy tank oladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug avtobronetank xizmati boşliği Xanif Beglov ma'lum qildi.

«Yil oxiriga qadar Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasidagi jangovar maşinalar örniga 30ta zamonaviy tank keltiriladi», — dedi Beglov.

Uning sözlariga köra, yil boşidan buyon Markaziy harbiy okrug qismlari 100ga yaqin bronetanklarga ega bölgan.

Qayd etilişiça, qurollar Afğonistondagi vaziyat sababli yangilanmoqda.

Avvalroq Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini tankka qarşi raketa majmualari bilan kuçaytirgandi.

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi Duşanbe va Boxtar şaharlarida joylaşgan. Uning tarkibiga motoöqçi, tank, artilleriya, razvedka, havo hujumidan mudofaa bölinmalari kiradi.