21:34 / 13.01.2022
103943

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ham Qozog‘istondagi voqealardan saboq chiqarishini aytgan prezident so‘zlariga munosabat bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning KXShT sammitida aytgan shov-shuvli so‘zlariga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.

Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. 

Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan prezident matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining Qozog‘istondagi tartibsizliklarga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilishida so‘z olgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z nutqida O‘zbekistonni tilga olgandi.

«Qozog‘istondagi vaziyatdan, avvalo, O‘zbekiston hushyor bo‘lishi kerak. Aks holda, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘polon tashkilotchilarining nigohi, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan», degandi Belarus rahbari o‘zining nutqida.

Mavzuga oid
Top