09:04 / 14.09.2022
8573

Samarqandda «Uzbekneftgaz» brendi ostida AYoQShlar iste’molchilarga avtobenzin va GTL yonilg‘isini yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «UNG Petro» korxonasi hozirgi kunda avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali «O‘zbekneftgaz» AJning neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilgan «AI-80», «AI-91», «AI-98» rusumidagi benzin, «AI-92», «AI-95» markali import benzini hamda GTL dizel yonilg‘isi sotish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. 

Samarqanddagi «O‘zbekneftgaz» brendi ostida AYoQShlarda iste’molchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi arafasida «UNG Petro» korxonasi iste’molchilarga neft mahsulotlari yetkazib berish xizmatini ishga tushirdi.

AYoQShda avtomobillarga yonilg‘i quyishdan tashqari ularga texnik xizmat ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, avtomobillarda texnik ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, motor moylarini almashtirish va shu kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Aynan yirik tadbir arafasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida «Ishchi guruh» tashkil qilingan bo‘lib, uzluksiz xizmat ko‘rsatish hamda iste’molchilarni va shu bilan bir qatorda tadbirda xizmat ko‘rsatayotgan avtomashinalar, maxsus transportlarni yoqilg‘i bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan.

AYoQShlarda avtomobil ehtiyot qismlari do‘koni, mijozlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi oziq-ovqat va fast-fud shoxobchalari hamda kofe va salqin ichimliklar savdosi ham tashkil qilingan.

Ta’kidlash kerakki, «UNG Petro» shoxobchalarida elektromobillarni tezkor zaryadlash qurilmasi ham o‘rnatilgan bo‘lib, elektromobillarga uzluksiz xizmat ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi 143-sonli «O‘zbekneftgaz» AJ samaradorligini oshirishga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalari tarmog‘ini birlashtiruvchi boshqaruv kompaniyasi sifatida va «UNG» milliy brendi asosida xizmat ko‘rsatuvchi «UNG Petro» korxonasi tashkil etilgandi. Respublika bo‘ylab 100 ga yaqin stansiya korxona tarkibiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, «UNG Petro» AYoQSh tarmog‘ida onlayn to‘lov qilish va keshbek olish imkoni joriy qilingan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top