«Özbekneftgaz» AJning 2023 yildagi sof foydasi 611,6 mlrd sömni taşkil etib, 2022 yilga nisbatan 52,6 foizga kamaygan. Bu haqda Kapital Depozit investitsiya kompaniyasi xabar berdi.
Tuşumlar 11,2 foizga ösib, 14,7 trln sömga yetgan. Yil davomida dividendlar körinişidagi daromadlar 1,2 trlndan 2,5 trln sömga köpaygan. Uzoq muddatli bank kreditlari 18 trlndan 17,6 trln sömga kamaygan bölsa, qisqa muddatli kreditlar 746,8 mlrddan 2,2 trln sömga yetgan.
Eslatib ötamiz, «Özbekneftgaz»ning 2022 yildagi sof foydasi 1,3 trln sömni, 2021-2020 yillarda esa 3,3 trln sömni taşkil qilgan.
Kompaniyaning tabiiy gaz qazib çiqariş körsatkiçi yildan yilga pasayib bormoqda. Xususan, bu miqdor 2024 yilda 29,3 mlrd kub metr bölişi kutilmoqda. Kompaniya 2021 yilda 33,9 mlrd kub, 2022 yilda esa 32,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olgan. Agar 2024 yilda 29,3 mlrd kub metrlik prognozni hisobga olsak, 3 yil içida kompaniya gaz qazib olişni 13,6 foizga pasaytirgan böladi.
Avvalroq «Özbekneftgaz»ga tegişli UNG Petro benzin şoxobçalari tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi xususiylaştirilgani ma’lum bölgandi.












