Joriy yil 12 fevral kuni ötkazilgan kengaytirilgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari «Özbekneftgaz» AJga birja savdolariga qöyilayotgan dizel yonilğisi narxini 15 foizga pasaytiriş böyiça topşiriq bergandi.

Şundan söng, 19 fevral kuni «Özbekneftgaz» öziga qaraşli neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilğisining bir tonnasini 11 mln 608 ming 190 sömdan arzonlaştirilgan narxlarda birja savdolariga joylaştirib borilişini ma’lum qilgandi.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, narxi 15 foizga pasaytirilgan dizel yonilğisi köp ötmay yana qimmatlaşgan.

«Topşiriqdan bir kun ötmayoq, 13 fevral kungi birja savdolarida dizel yonilğisining tonnasi 11 092,5 ming sömgaça arzonlaşgan edi. Bu fevral boşida kötarilib ketgan narxlarga nisbatan, masalan, 6 fevral kungi örtaça narxga nisbatan 16,6 foizga arzonlaşiş yuz berdi, deyişga asos ham böladi. Fe’lan, topşiriq bajarildi. Lekin keyin-çi?

Amalda, fevral oyi tugamayoq dizel yoqilğisi narxlari oşişni boşlagan va şu trend davom etmoqda. Keça, 26 mart kungi savdolarda 1 tonna dizel yonilğisining narxi 13 835,3 ming sömgaça kötarilgan. Ya’ni 40 kun içida topşiriq bajarilişi uçun arzonlaştirilgan dizel, endi 24,7 foizgaça, narxlar arzonlaşişidan avvalgidan köra 8 foizgaça qimmatroq darajaga çiqarib olingan», deya yozdi iqtisodçi.

Avvalroq, 2024 yil 1 aprelidan boşlab birjada dizel yonilğisining 1 tonnasi uçun aksiz soliği 291 000 sömdan 326 000 sömgaça oşirilişi xabar qilingandi. Bu ham narxlar yanada qimmatlaşişiga ta’sir qilişi mumkin.