13:51 / 09.02.2023
11275

Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi 

9 fevral kuni soat 13:30 dan boshlab Qamchiq dovoni avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelgan, shu tufayli dovon transport vositalari uchun vaqtincha yopilgan

Ayni damda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda vaziyatni tezroq qayta tiklash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq 8-9 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha qisqarishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top