Bugun, 18 oktyabr kuni soat 07:10 da A-373 «Toşkent-Öş» avtomobil yölining Qamçiq dovonidan ötgan qismida «Vodiy-Toşkent» yönalişida harakatlangan Volkswagen rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotgan.

Oqibatda u yölning xandaq (kyuvet) qismiga tuşib ketganligi va amaliy yordam zarurligi töğrisida «Qamçiq» maxsus-qidiruv yonğin-qutqaruv boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvçilar aytilgan manzilga yetib borib, maxsus-texnika va asbob-anjomlar yordamida haydovçi va avtomobil xandaqdan olib çiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.