16:46 / 21.02.2023
39462

Qarshida yosh yigit yuqori qavatdan qulab halok bo‘ldi

Hodisa guvohlari 25–30 yoshlar chamasidagi yigit 10-qavatdan sakraganini ko‘rishgan.

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qarshi city»da fuqaro yuqori qavatdan tushib ketib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni damda Qarshi shahar prokurori boshchiligida tezkor tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda.

Marhum 25–30 yoshlar chamasidagi yigit bo‘lgan. Hodisa guvohlari yigit 10-qavatdan sakraganini ko‘rishgan.

Hozirda marhumning shaxsiga va sodir etilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top