Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UQK: Ukraina havo mudofaasi Rossiya raketalarining 80 foizini urib tushiryapti
Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya raketalarining 80 foizini urib tushiryapti, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni Sergey Nayev.
Foto: telegraf.ua
«Hozirda urib tushirilgan raketalar ulushi juda o‘zgargan va 80 foizga teng. Ba’zi hollarda esa undan ham ko‘proq. Bizning havo hujumidan mudofaa tizimi jangchilarimiz professional va malakali bo‘lib bormoqda», - deb Nayev so‘zlari keltirilgan Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligining Facebook'dagi sahifasida.
Shu bilan birga, u RF Qurolli kuchlari ham havo hujumlari taktikasini o‘zgartirayotganini qo‘shimcha qildi.
«Shunday qilib, biz har bir zarbadan keyin tahlil qilamiz», deb ta’kidladi qo‘mondon.
Nayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tahlilga asoslanib, «qo‘mondonlar havo hujumidan mudofaa tizimining barqarorligi eng yuqori darajada bo‘lishi uchun tegishli qarorlar qabul qiladi».
Mavzuga oid
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
12:49 / 30.01.2026
Berlin ballistikaga qarshi yangi sun’iy yo‘ldosh dasturini boshlamoqda
12:21 / 30.01.2026
YeI mashhur rossiyalik teleboshlovchilarni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi
11:44 / 30.01.2026