11:11 / 15.03.2023
6875

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari bilan uchrashdi

2023 yil 13 mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto: gov.uz

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, adliya vaziri Akbar Toshqulov va ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirok etdi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan muloqot asnosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtirokiga daxldor masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Bundan oldin BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi davomida qator vazirlik va idoralarda hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgani xabar qilingandi. 

Top