64 yoşli irlandiyalik yurist Maykl ÖFlaerti Yevropa kengaşi (EK)ning inson huquqlari böyiça yangi komissari etib saylandi. 26 yanvar, payşanba kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA) deputatlari ovoz berişining ikkinçi bosqiçida 104 nafar parlamentariy ÖFlaertini qöllab-quvvatladi. Uning raqiblari Meglena Kuneva (Bolgariya) va Manfred Novak (Avstriya) mos ravişda 70 va 37 ta ovoz oldi. 

ÖFlaerti 1 apreldan boşlab Yevropa kengaşining inson huquqlari böyiça komissari lavozimini olti yilga uzaytirilmaydigan muddatga egallaydi. U bu lavozimda 2018 yildan buyon işlab kelayotgan 59 yoşli Dunya Miyatoviçni almaştiradi. Maykl ÖFlaerti 2016 yildan beri Yevropa Ittifoqining asosiy huquqlar agentligi direktori lavozimida işlagan, undan avval inson huquqlari böyiça huquqşunoslik professori va Irlandiya milliy universiteti qoşidagi inson huquqlari böyiça Irlandiya markazi direktori, Şimoliy Irlandiya inson huquqlari böyiça komissiyasining boş komissari, BMTning inson huquqlari böyiça qömitasi a’zosi bölgan. 

Huquqiy va diniy ta’lim 

Maykl ÖFlaerti huquqşunoslik darajasini oldi. Bir neça yil huquq sohasida işlagandan söng, u Rimdagi papa Gregorian universitetida katoliklar tarixini örgangan va 1987 yilda ruhoniy etib tayinlangan, ammo keyin iste’foga çiqqan. 

Yevropa kengaşining inson huquqlari böyiça komissari instituti 1999 yilda Yevropa kengaşiga a’zo 46 ta davlatda inson huquqlari böyiça xabardorlik va ularga hurmatni oşiriş, inson huquqlari böyiça qonunçilik va amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan kamçiliklarni aniqlaş, şuningdek, ombudsman va boşqa inson huquqlari milliy institutlari faoliyatiga kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan.