Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy yaqin 2-3 oyda ozodlikka çiqişi mumkin. Bu haqda Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Taşanov özining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Taşanovga köra, IIV Jazoni ijro etiş departamenti unga Nukus voqealari böyiça qamalgan Dauletmurat Tajimuratov va surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy bilan uçraşişi uçun imkoniyat yaratib bergan.

Otabek Sattoriy bilan uçraşuv

Taşanovning ma’lum qilişiça, u 2024 yil 13 yanvar kuni Qarşidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uçraşib, uning soğligi yaxşi ekaniga guvoh bölgan.

Huquq faoli öz axborotida blogerning 2024 yil aprel oyi oxiri yoki may oyi boşida ozodlikka çiqişini ma’lum qilgan, lekin bu borada qöşimça izohlar bermagan.

“Qarşidagi manzil koloniyada bloger Otabek Sattoriy bilan uçraşuv juda yaxşi ötdi. Otabek avvalo özini qöllab-quvvatlagan barçaga minnatdorçilik bildirdi. Koloniya boşliğining ta’kidiça, aprel oxiri, mayning boşlarida u ozodlikka çiqadi. Tikuv sexida işlamoqda.

Manzil koloniya bölgani uçun hamma mahkumlar qatori belgilangan huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Uyidagilar, qarindoşlari kelib turişibdi. Ombudsmançilar kunda şu yerda, ozodlik uçun faqat kun sanab yaşamoqda. “Qamoqdagi rasmim internetga çiqişini istamayman” dedi, şu boisdan koloniya u bilan rasmimizni xizmatda foydalaniş uçungina olişdi, menga berişmadi”, – deydi Abdurahmon Taşanov.

Inson huquqlari faolining sözlariga köra, Otabek Sattoriy öziga çiqarilgan sud hukmi böyiça qayta şikoyat qiliş niyati yöq.

“Tinçgina axborot texnologiyalari sohasida işlamoqçi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni yuksak salohiyatli lider, deb biladi va unga xizmat qilişdan özidan faxr tuyadi. Aksinça, Taşanov uni jazo muddati bitgaç, özini oqlaşga urinişga çaqirgan”, – deyiladi “Ezgulik” jamiyati axborotida.

Ma’lumot uçun, 2021 yil 29 yanvar kuni tezkor tadbirda qölga olingan Otabek Sattoriy jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga köra tuhmat va tovlamaçilikda ayblanib, 6 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan