23:49 / 21.03.2023
12826

SUBeKTIV va Mazza – 2022 yilning eng yaxshi loyihalari

Kun.uz homiyligidagi SUBeKTIV ijtimoiy ko‘rsatuvlar loyihasi va Mazza kulinar-ko‘ngilochar loyihasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Digital Marketing Awards 2023 xalqaro forumida g‘oliblar qatoridan joy oldi.

19-20 mart kunlari Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida Digital Marketing Awards 2023 Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda marketing yo‘nalishida xalqaro tajribaga ega rossiyalik, belaruslik spikerlar ishtirok etishdi.

Har yili o‘tkaziladigan Tashkent Digital Marketing Forum mukofoti o‘tgan yil davomida eng muvaffaqiyatli brendlar, loyihalar, raqamli kontent mualliflariga beriladi.

Forumning bu galgi g‘oliblari orasida Kun.uz homiyligidagi SUBeKTIV va Mazza loyihalari munosib taqdirlandi.

SUBeKTIV 2022 yilning eng yaxshi ijtimoiy kontenti deb topildi.

Mazza loyihasi 2022 yilning eng yaxshi pazandalik kontenti deb e’tirof etildi.

SUBeKTIV – Jamshidxon Ziyoxonov boshchiligidagi jamoaning ijodiy loyihasi bo‘lib, 2021 yildan buyon o‘tkir ijtimoiy mavzular va ma’rifiy yo‘nalishda videokontent yaratib kelmoqda. Ayni paytda loyiha YouTube'da 560 mingdan ortiq obunachiga ega.

Mazza – kulinar-ko‘ngilochar videoloyiha. Unda bosh qahramon Otaxon Yusupov tabiat bag‘rida milliy va xorij taomlarini tayyorlaydi, bu jarayon “no comment” uslubida, jonli tovushlar hamohangligida tomoshabinga taqdim etiladi.

Mavzuga oid
Top