Janubiy Koreyadagi özbekistonliklar 100 ming nafardan oşadi. Ular orasida ofis, sanoat, xizmat körsatiş sohalarida işlaydiganlardan taşqari “Koreyaga turmuşga çiqaman”, “öqişga borib ham işlayman” deb reja qilayotganlar oxirgi paytlarda köpayib boryapti. Har ön beşinçi yurtdoşimiz u yerlarda noqonuniy muhojir maqomida yuribdi. Koreya – imkoniyatmi yoki illyuziya? Bu mamlakatda omad formulasini qanday tuziş kerak? SUBYEKTIVʼda “Kalmar öyini”. Öyinda esa özbeklar! Hali aytilmagan haqiqatlar bu körsatuvda yuzaga çiqadi.
Ular hayotini özgartiriş umidida Koreyaga kelişdi. Kimdir orzu bilan... Kimdir majburan... Bu yerning öz öyin qoidalari bor... Har bir kun — imtihon, har bir qaror — hayot-mamot masalasi, har bir qadam — sinov. Bugun Koreyadagi 100 minglab özbekistonliklarning missiyasi bir – ğolib böliş... Qoidalar qattiq. Ğalaba esa kamçilikniki. Ulardan yo örnak olamiz, yoki saboq çiqaramiz.

Ha, aytgança, bilmaganlar uçun bu Janubiy Koreya haqidagi körsatuvimizning navbatdagi qismi. Hujjatli filmimizning oldingi sonida koreyslar davlatidagi eng qaşşoq mahallalardan prezident yaşaydigan saroygaça borgan tarixiy lahzalarimiz, tahlikali Şimoliy Koreya çegarasidan olingan eksklyuziv kadrlar, bir kunlik işlarda işlab körganimiz, koreyaliklardan olgan intervyularimiz, “kiçik Özbekiston”ga aylangan mahallalar va boşqa köplab ma’lumotlar bilan bölişgan edik. Bizni xursand qilgani – körsatuv ostidagi minglab ijobiy izohlar orasida haqiqiy Koreyani oçib berolganimizni yozişgani böldi. Asl Janubiy Koreyani puşti közoynaklarsiz kaşf qilmoqçi bölganlarga 1-qismni ham körmasa bölmasligini eslatib ötmoqçimiz.

Ofis: koreyalik kuyovlar
Bir ofis bor. Uning eşiklari ortida “Koreyaga erga beriş” nomidagi tijorat avjida. Xaridor — koreyalik erkak. Mahsulot esa özbekistonlik qiz. Har bir topilgan kelin uçun kuyovlar ofisga 25–35 ming dollar qoldiradi. Şarti – ular istaganidek qiz topiş. Nomzodlar xuddi podşohga kanizak tanlagandek öta şaxsiy gigiyenik tekşiruvlargaça ötişadi. Ularga inson emas, tovar sifatida qaraladi.

“Xorijlik kelinlar” sovçilik jamiyati Koreya metrolarida, mediasida ham keng tarğib qilinadi. Bölğusi kuyovlar Koreya orzularidagi K-pop yulduzlaridek yigitlar emas, asosan, kattaroq yoşli, iqtisodiy ahvoli haminqadar bölgan erkaklar. Bu haqda körsatuv davomida batafsil gaplaşamiz. Yaxşisi, bunday taqdirlarni boşidan keçirganlarning özlari gapirib berganlari ma’qulroq. Toki boşqa qizlar ofis eşigini taqillatib borişdan oldin ularga va’da qilinayotgan va asl hayot illyuziyalari örtasidagi farqni anglab olişsin.














