17:51 / 22.12.2016
5844

Volkswagen uchta yangi modelini namoyish etdi

Volkswagen kompaniyasi o‘zining uchta yangiligi namoyish etilgan videorolikni taqdim etdi: Arteon sedani, «Tiguan»ning yangi nusxasi, shuningdek ixcham up! xetchbekining GTI-modifikatsiyasi. Avtomobillar Janubiy Afrika respublikasi yo‘llaridagi sinovlar vaqtida suratga olingan.

Volkswagen Tiguan’ning yangi nusxasi Allspace deb nomlanadi. O‘rindiqlarning uchinchi qatori modelga qo‘shimcha tarzda taklif etiladi. Yangilik modelning odatiy nusxasidan 110 millimetrli g‘ildiraklar bazasi bilan farqlanib turadi.

Volkswagen up! xetchbekining GTI-nusxasi esa ishchi hajmi bir litr bo‘lgan 115-kuchli dvigatelga ega bo‘ladi. U olti pog‘onali mexanik uzatmalar korobkasi bilan ishlaydi. 

Volkswagen Arteon rolikda nemis markasining yangi modeli deb atalgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi bu yangilik bilan Passat CC’ni alishtirmoqchi. «Arteon» 2017 yilning bahorida Jyenevadagi avtosalonda taqdim etiladi.

Tiguan Allspace krossoveri, shuningdek up! GTI xetchbegi ham 2017 yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan.

«Tiguan»ning uzaytirilgan nusxasi esa Xitoyda taqdim etib bo‘lindi. Bu modifikatsiyaning boshqa bozorlardan nimasi bilan farqlanib turishi noma'lum. 


Mavzuga oid
Top