O‘zbekiston | 08:07 / 27.08.2022
11498
3 daqiqa o‘qiladi

YHXX ro‘yxatlash bo‘linmalari uchun 100 ta Volkswagen Caddy xarid qilinadi

Volkswagen Caddy

Vazirlar Mahkamasining “Aholiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi AKT vazirligi bilan birgalikda migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda respublika hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan Call center’ni tashkil qiladi. 

Shuningdek, IIV “O‘zbekiston pochtasi” bilan birgalikda idetifikatsiyalovchi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasporti, avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini fuqaro yashash manziliga pochta jo‘natmasi sifatida jo‘natish choralarini tashkil etadi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (MvaFRBB) Toshkent shahar va viloyatlar markazlaridagi bo‘linmalari uchun 27 ta Spark va IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ro‘yxatlash bo‘linmalari uchun 100 ta Volkswagen Caddy’ni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq xarid qiladi.

Migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali tashkil etishni ta’minlash maqsadida MvaFRBBga 27 ta planshet va yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalari, YHXXga 135 ta planshet qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarid qilinadi.

MvaFRBBga 27 ta mutaxassis yoki xizmatchi sifatida shartnoma asosida jalb etiladigan, YHXXga IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati amaldagi shtat birliklari doirasida 135 ta qo‘shimcha shtat birligi ajratiladi.

Migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini samarali tashkil etish, qŭshimcha tŭlov evaziga sayyor davlat xizmati kŭrsatishdan keladigan tushumlarni kirim qilish va ulardan foĭdalanish tartibini belgilash maqsadida, MvaFRBB hamda YHXX Sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish jamg‘armalari tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid