Qozog‘istonlik xonanda Orol fojiasi haqida klip suratga oldi
Qozog‘istonlik xonanda Diana Sharapova “Araldan ұshqan aqqular” (“Oroldan uchgan oqqushlar”) nomli lirik kompozitsiya yaratib, unga klip suratga oldi. Zakon.kz nashrining xabar berishicha, kompozitsiya muallifi Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi S. Bayterekovdir.
Qo‘shiq cho‘lga aylanib borayotgan dengizdan oqqushlarning uchib ketishiga bag‘ishlangan hikoyadir. Klip syujyetiga ko‘ra, qo‘shiqchi qiz qurib qolgan Orol tubini ko‘zdan kechiradi. U tuzluqlar, barxanlar, “arvoh” kemalar, tashlandiq barja, tuyalar karvoni va Aralsk portida bo‘ladi. Nihoyat, u Shimoliy Orol dengizini qutqarayotgan Ko‘korol suv to‘g‘oniga yetib boradi.
Sharapovaning ta'kidlashicha, tasvirga oluvchi guruh ish jarayonida fojianing asl mohiyatini anglab yetib, og‘ir tuyg‘ularni kechirgan.
“Yo‘limizda zangloq arqonlar, kemalar qoldiqlari, bir paytlar Ko‘korol bo‘lgan ulkan tepalik uchradi, - deydi u. – Uning chetidan yurib, atrofingda qaqroq cho‘lni ko‘rish, aslida esa bu yerda moviy dengiz bo‘lishi lozimligini anglash yoqimli tuyg‘u emas”.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18
-
7 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:12