23:06 / 01.09.2016
20309

Kiyev sudi Rossiya mudofaa vazirini ushlashga ruxsat berdi

Kiyevning Pecherskiy tuman sudi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni ushlashga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda "112 Ukraina" telekanali. 

Ushbu qaror 26 avgustda qabul qilingan. Shu tariqa sud Shoyguni ushlashga ruxsat berib, Ukraina bosh harbiy prokuraturasining iltimosnomasini qondirgan. 

22 avgustda Ukraina bosh prokuraturasi Shoyguga nisbatan jinoiy ish ochgan.

 

Mavzuga oid
Top