17:02 / 04.09.2016
38670

Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi chog‘ida turk razvedkasi haqida hazillashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi davomida delegatsiya tarkibida Turkiya maxsus kuchlari rahbarining borligi haqida hazillashdi. 

"Razvedka xizmati rahbari shu yerda bo‘lsa, unda gaplashadigan gapimiz yo‘q, u sizga hammasini aytib ulgurgandir", - dedi Putin Erdo‘g‘an bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida. 

Davlat rahbarlari shuningdek Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter reyslarini tiklashni muhokama qilishdi. 

Top