7 aprel kuni OLX platformasiga Özbekiston poytaxti Toşkent şahri uçun 250 mlrd dollar narx belgilangan e’lon joylaştirilgan va bu muhokamalarga sabab bölgandi.
E’lon muallifi poytaxtga ta’rif berarkan, sifatsiz boşqaruv sababli uni sotmoqçi ekanini ta’kidlagan. U savdoga oid barça tafsilotlar özaro uçraşuvda muhokama qilinişi, özi belgilagan narx – 250 mlrd dollardan biroz ötib berişi mumkinligini yozgan.

IIV Kiberxavfsizlik markazi e’lon muallifi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi, poytaxtdagi maktablardan birining namunali öquvçisi ekani oydinlaşgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda boşqa davlatda çiqqan şunga öxşaş hazilomuz e’lonni körgandim. Öşani Özbekistonga, Toşkentga moslaştirib, hazil qilib bu yerga joylaganman. Men bu e’lon tarqalib ketişi va muhokamalarga sabab bölişini öylaganim yöq. Faqat yaxşi kayfiyat ulaşiş uçun bu işni qilganman. Hozir qilgan işimdan afsusdaman”, deydi 8-sinfda tahsil oladigan ösmir.
Yigitning ota-onasi ham, öqituvçilari ham uning xulq-atvoriga ijobiy tavsif berişgan. Ta’kidlanişiça, u maktabning a’loçi öquvçilaridan biri, jamoat işlarida faol.
“Kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan platformamizga qöyiladigan har bir e’lon tekşirilib nazoratdan ötkaziladi. Uşbu holatdagi e’lon ham platformada bir neça daqiqa içida bloklangan. Şuning uçun foydalanuvçilarimizdan e’lon joylaşda töğri ma’lumotlar berişlarini, haqqoniy telefon raqamlarni qoldirişlarini sörab qolamiz”, degan OLX.uz boş direktori Doniyorbek Turğunov.
IIV Kiberxavfsizlik markazi ösmirning xatti-harakatini “vatanni pullaş” deb atagan.
“IT texnologiyalar rivojlanmoqda. Yoşlar kompyuter va internet tarmoqlaridan foydalaniş borasida ota-onalaridan özib ketişdi. Biroq bu yutuqlar ezgulikka, vatanni pullaş emas, uning gullab-yaşnaşiga hissa qöşişga xizmat qilsa, yaratilayotgan şaroitlarga munosib javob bergan bölamiz. Farzandlaringizning tarbiyasiga e’tiborli böling. Holat yuzasidan örganiş işlari davom ettirilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.

















