Turkiyaning Qohiradagi vaqtinçalik vakili Misr taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilib, unga norozilik notasi topşirilgan. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.  

Ta'kidlanişiça, Misr Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning BMT Boş assambleyasi 74-sessiyasidagi bayonotlari böyiça norozilik bildirilgan. Erdöğan öz nutqida Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning ölimini jiddiy tanqid qilgan va bu uçun javobgarlikni Misr hukumati zimmasiga yuklagan.   

Erdöğanning bu sözlaridan keyin Misr taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ahmad Hofiz Turkiya yetakçisini yolğonçilikda ayblagan va dunyo hamjamiyatini uni Suriyadagi va boşqa davlatlardagi terrorçilikni qöllab-quvvatlaş böyiça javobgarlikka tortişga çaqirgan. U, şuningdek, Erdöğanni öz davlatidagi qatağonlarda ayblagan.     

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy 17 iyunda josuslik işi böyiça sud majlisida vafot etgan. Misr televideniyesi ma'lumotlariga köra, Mursiy yurak xuruji oqibatida jon bergan. 

Öşandayoq Erdöğan Misr hukumatini Mursiyni qasddan öldirişda ayblagan va BMTni Mursiy ölimi tafsilotlarini tergov qilişga çaqirgan. Turkiya prezidenti Misr rahbariyatini xalqaro tribunalda javobgarlikka tortiş, bunga Islom hamkorligi taşkilotini jalb qiliş va masalani G20 sammitida kötariş uçun barça zarur işni qilişga va'da bergan. 

Erdöğan Mursiyning ölimini jurnalist Jamol Qoşiqçining Istanbulda öldirilişiga qiyoslagan va Anqara Mursiy işini tergov qilişda barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişini aytgan.