Jahon | 09:51 / 15.10.2019
17929
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi

Foto: Official White House Photo by Shealah Craighead

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefonda suhbatlashib, undan Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

“AQSh Turkiyaga Suriyaga bostirib kirishga yashil chiroq bermagan”, deb aytgan Pens Oq uyda jurnalistlarga.

Erdo‘g‘an 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi qaratilgan harbiy amaliyot boshlanishini e'lon qilgandi.

12 oktyabrda Turkiya mudofaa vazirligi turk harbiylari va Suriyaning qurollangan muxolifati Ras al-Ayn shahri ustidan, 13 oktyabrda esa Tall-Obod shahri ustidan nazoratni qo‘lga olganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid