10:34 / 24.09.2016
12548

24 sentabr tonggi dayjesti

23 sentabr tuni va 24 sentabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonunni imzoladi.

>>> Batafsil.

Karton qutilarda saqlanayotgan chaqaloqlar

Venesueladagi shifoxonada yangi tug‘ilgan go‘daklarning karton qutilarda uxlayotgani tasvirlangan qalblarni larzaga keltiruvchi bu holat tarmoqlarda tarqalib ketdi.

>>> Batafsil.

31 ta barmoqli bola tug‘ildi

Xitoyda noodatiy irsiyatga ega bola tug‘ildi: Chjetszyan viloyatida tug‘ilgan bolada 31 ta barmoq – 15 ta qo‘l va 16 ta oyoq barmog‘i bor.

>>> Batafsil.

Rossiyada dahshatli jinoyat qilgan o‘zbekistonlik

Rossiyaning Saratov viloyati prokuraturasi avval sudlangan, 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Uyg‘un Bobroyevga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha ayblov hukmini tasdiqladi.

>>> Batafsil.

Ruminiya va Filippinda kuchli zilzila

Ruminiyada 24 sentabrda 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qildi. Shuningdek, Filippin janubida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi

>>> Batafsil.

Shnobel mukofoti-2016

22 sentabr kuni Sanders teatrida 26-marotaba Shnobel mukofoti taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

>>> Batafsil.

Google kompaniyasi Twitter’ni sotib olishga qiziqmoqda

Twitter bir necha texnologik  va mediakompaniyalar bilan o‘zini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb ma'lum qildi CNBC.

>>> Batafsil.

Futbolchilarni yashin urishiga oid 10 hodisa

Shu yilning 21 sentabrida Rubtsovsk talabalar jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yin vaqtida metall darvozaga yashin kelib urilgani, buning oqibatida darvoza yaqinidagi to‘rt nafar o‘yinchi yashin tokidan zararlangani xabar qilingan edi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston darvozabonining ajoyib goli

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda KXDR uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Tanovul qilingan shirinliklar uchun qancha masofa yugurish kerak?

Run Russia jamiyati tanovul qilingan shirin yeguliklarga "haq to‘lash" uchun qancha masofa yugurish kerakligini hisoblab chiqdi.

>>> Batafsil.

Top