12:41 / 21.10.2016
11139

Mourino qishki transferlardagi rejalarini oshkor qildi

Foto: VVS

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar vaqtidagi asosiy rejasi haqida ma'lum qildi.

ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, yanvar oyida mankunianliklar jamoasi ayni vaqtda Antonio Valensiya o‘ynayotgan o‘ng qanot himoyasiga yangi futbolchi olmoqchi.

Mourino yozgi transferlar vaqtidayoq o‘ng qanotga fulbek olmoqchi bo‘lgan, ammo iyul-avgust oylarida klub transferlar uchun 150 million funt sarflab ulgurgani uchun, yangi himoyachi olish rejasi qishga qoldirilgan.

ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, «MYu»ning nishonida Fabino («Monako») va Sheymus Kouelmen («Everton») turibdi, braziliyalik futbolchining narxi qimmatroq.

Manba: Tribuna.uz

Top