22:43 / 27.07.2023
31429

Abbosbek Fayzullayev Rossiya klubiga transfer qilinmoqda

O‘zbekiston yoshlar jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Foto: UFA

Championat.asia sayti xabariga ko‘ra, TsSKA «Paxtakor» futbolchisini transfer qilishga yaqin turibdi. 19 yoshli Fayzullayev Moskva klubi bilan 3+1 shaklida shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, TsSKA Abbosbek Fayzullayev transferi uchun Toshkent klubi hisob raqamiga 500 ming yevro o‘tkazib berishi belgilangan. Futbolchining «sherlar» bilan kelishuvi 2025 yilga qadar imzolangan edi. 

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev mart oyida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi U20 turniri qahramonlaridan biriga aylanib, O‘zbekiston U20 jamoasi bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritgandi. U Argentinada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va assist muallifiga aylangandi. Shuningdek, u joriy mavsum Superligada 6 o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston U20 jamoasining yana bir a’zosi Abduqodir Husanov «Energetik-BGU» klubidan Fransiyaning «Lans» klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Top