10:55 / 27.10.2016
6865

Driftchi avtomashinasida 1,5 kilometr to‘xtovsiz sirpandi

Amerikalik driftchi Von Gittin kichik Formula-1 musobaqalari o‘tuvchi Katalunya-Montmelo trassasida bir yarim kilometr masofani sirpanib ortda qoldirishga erishdi. Uning natijasi aks etgan videolavha YouTube saytidagi Ford Performance rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.

Dastlab Gittin uchinchi burilishda salkam 500 metr sirpangan, so‘ngra uchinchi burilishdan chiqishga ulanishdan to‘rtinchi burilish yakunigacha yana bir kilometr masofani shu tarzda ortda qoldirgan. Haydovchi trekda o‘zining Mustang RTR Spec 5-D poyga mashinasida harakatlangan. Unga 8 silindrli, 900 ot kuchiga ega, ishchi hajmi 7,1 litr bo‘lgan dvigatel o‘rnatilgan. 


 

Mavzuga oid
Top