Germaniyalik poygaçi, tört karra jahon çempioni Sebastyan Fettel 20 noyabr, yakşanba kuni «Formula-1»dagi sönggi poygasini Abu-Dabida ötkazgan holda muvaffaqiyatli sport karerasini yakunladi.

Fettel 299 ta «Formula-1» Gran-prisida qatnaşgan, 52 ta poygada ğalaba qozongan va 122 marta şohsupaga kötarilgan. Avtosport yulduzi 57 marta poul-pozitsiyadan start olgan (saralaş natijalariga köra poygaçi egallagan avtomobilning eng qulay pozitsiyasi). Özining sönggi poygasida u öninçi örinni egalladi va haydovçilar reytingida bir oçko jamğardi. Abu-Dabidagi poygadan söng, u "Aston Martin" jamoasiga minnatdorçilik bildirdi. Aynan öşa yerda 2010 yilda 23 yoşida u «Formula-1» böyiça eng yoş jahon çempioniga aylangandi.

«Men yana bir neça oçko olişni istardim, lekin menga poyga yoqdi. Poyga boşida hammasi boşqaça bölişini ma’qul körardim, ammo ba’zida şunday ham böladi. Bugun bizda yaxşi strategiya bölmadi, - dedi Sebastyan Fettel. - Lekin, albatta, bu ajoyib kun, qöllab-quvvatlaganliklari uçun barça muxlislarga katta rahmat».

Iyul oyida 35 yoşli pilot 2022 yilgi mavsum oxirida «Formula-1»dagi faoliyatini yakunlaşini ma’lum qilgandi.

Fettel 2007 yilda "BMV-Zauber" tarkibida debyut qilgan, şundan söng u "Toro Rosso", "Red Bull", "Ferrari" va "Aston Martin" jamoalarida bölgan. Ikki yil avval u 2020 yilgi «Formula-1»mavsumining 14-poygasi - "Turkiya Gran-prisi"da uçinçi örinni egallagan edi.