Amerikalik talaba universitetga yetib olish uchun mashinada 5 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. Timoti Vorxoff o‘z sayohatini videoga olib, undan rolik ishladi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Timoti Shimoliy Karolinadagi Sharlott shahridan Los-Anjyelesdagi Janubiy Kaliforniya Universitetiga o‘z mashinasida borgan. Bu vaqt ichida u 11 shtat hududini kechib o‘tgan va beshta milliy parkda bo‘lgan. Vorxoff tunda avtomobilda uxlagan.
Yigit bu yil universitetga kirganini ma'lum qilgan. Timotining so‘zlariga ko‘ra, o‘z hayotidagi "yangi ajoyib palla"ni u ana shunday ajoyib tarzda boshlashga qaror qilgan.