Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet ochildi
“Green University” universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi.
Foto: Ekologiya vazirligi
10 fevral kuni Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Tadbirda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) bosh direktori Gretel Aguilar ham ishtirok etgan.

“O‘zbekiston hukumatini ekologik yetakchilik va ta’limni rivojlantirishga xizmat qiladigan yirik mintaqaviy tashabbus - “Central Asian Green University” ochilishi bilan tabriklaymiz. Ushbu universitet biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam beradi. Ekologik ta’lim orqali universitet boy tabiatga ega mintaqani asrashga xizmat qiladi”, — deya ta’kidlagan Gretel Aguilar.

Ta’kidlanishicha, “Green University” universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi. Ushbu model strategik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka, yaxlit o‘quv tizimini yaratishga, resurslarni optimallashtirishga, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligiga asoslanadi. Shuningdek, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, bilim va tajriba almashishga yordam beradi.


Hozirda hamkorlik uchun universitetga Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSh va boshqa davlatlar xalqaro universitetlarining professorlari jalb etilmoqda.

Mavzuga oid
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026
Xorijiy OTMga kirish uchun IELTS’dan necha ball olish kerak?
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
14:33 / 27.02.2026