Praga markazidagi Karl universitetining falsafa fakulteti binosida erkak kişi öt oçdi. Oqibatda 15 kişi, jumladan, hujumçi deb taxmin qilingan şaxs halok böldi, önlab odamlar yaralandi, dedi jurnalistlarga politsiya boşliği Martin Vondraşek. Unga köra, 24 kişi jarohatlangan.

Politsiya ma’lumotlariga köra, hujumni 24 yoşli universitet talabasi amalga oşirgan, gumon qilinayotgan jinoyatçining otasi avvalroq ölik holda topilgan.

Çexiya Içki işlar vazirligi rahbari Vit Rakuşan «jinoyatning xalqaro terrorizm bilan aloqasi borligini körsatadigan heç qanday dalil yöq»ligini aytdi.

Universitet oldidagi maydonga maxsus politsiya kuçlari yetib keldi

Otişma sodir bölgan Yan Palax maydoni örab olingan, fakultet binosidan odamlar evakuatsiya qilingan, deb xabar beradi Novinky.cz. Voqea joyiga politsiya maxsus kuçlarining katta kontingenti yuborildi. Politsiya odamlardan imkon qadar voqea sodir bölgan hududga kelmaslikni, yaqin atrofdagi mavzelar aholisidan esa köçaga çiqmaslikni söradi.

Nova telekanali xabariga köra, jinoyatçi ölimidan oldin fakultet binosi tomida bölgan. Bundan taşqari, portlaş ovozi eşitilgan. OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, otişma boşlanganidan keyin ba’zi odamlar köçaga yugurib çiqqan, boşqalari sinf xonalarida tösiq örnatgan.

Yevropa yetakçilari Çexiya xalqi bilan birdam ekanini bildirdi

Yevropa yetakçilari hujum yuzasidan Çexiya bilan birdamlik bildirdi. Germaniya kansleri Olaf Şols «Pragadan kelgan dahşatli xabardan qattiq hayratda qolganini» aytdi.

«Praga markazidagi hujum Yevropaning qoq markaziga zarba berdi. Biz qayğuramiz», deb yozdi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok X ijtimoiy tarmoğida.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen «jabrlanganlarning qarindoşlari va butun Çexiya xalqiga çuqur hamdardlik bildirdi».

Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte Pragadagi otişmani «dahşatli yangilik» deb atadi hamda qurbonlarning yaqinlari va jabrlanganlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «qurbonlar, jabrlanganlar va ularning yaqinlari, şuningdek, butun Çexiya xalqi va rasmiylari bilan birdam» ekanini bildirdi.