12:11 / 28.10.2016
19343

Moskva - Namangan bo‘ylab parvoz qilayotgan samolyot Qozon aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: © RIA Novosti

Moskva shahridan Namanganga parvozni amalga oshirgan Airbus A321 samolyoti Qozon shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bunga, RIA «Novosti»ning xabar qilishicha, yo‘lovchilardan birida qon ketgani sabab bo‘lgan. Rossiya FVV Tatariston Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Andrey Rodigin shu haqda ma'lum qilgan. 

«Moskva vaqti bilan tungi soat 2:14da Qozon aeroportiga Airbus A321 qo‘nishga majbur bo‘lgan. U Domodedovo aeroportidan Namanganga uchayotgan edi. 1992 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining og‘zidan qon kela boshlagani bunga sabab bo‘lgan», — deya aniqlik kiritgan Rodigin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi Tatariston Respublikasi klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Samolyot Moskva vaqti bilan 3:54da parvozini davom ettirgan. 

Mavzuga oid
Top