Tatariston raisi Rustam Minnixonov Navoiy viloyatiga keldi. Uni Navoiy temiryöl vokzalida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov kutib oldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarini, xususan, sanoat kooperatsiyasi, mineral-xomaşyo resurslarini çuqur qayta işlaşni amalga oşiriş imkoniyatlari körib çiqildi. Şuningdek, turizm, viloyatdagi va Tataristondagi oliy ta’lim muassasalari örtasida konçilik va metallurgiya, qişloq va suv xöjaligi, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Delegatsiya a’zolari Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ham bölişib, “Navoiy sanoatni rivojlantiriş kompleksi” sanoat parki taqdimoti bilan tanişgan. Mazkur sanoat parki Tatariston va Özbekiston örtasidagi hamkorlik namunasi hisoblanadi. U Navoiy viloyati va “Master” Kama sanoat parki örtasidagi kelişuvga asosan bunyod etilmoqda.
Parkni bunyod etişda Qayta quriş va rivojlantiriş fondi tomonidan 40 mln AQŞ dollari miqdorida sarmoya ajratilgan. Birinçi bosqiçda umumiy qiymati 178 mln dollar bölgan 6 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Tatariston raisi Rustam Minnixonov avvalroq Surxondaryo viloyatida ham bölib, viloyat hokimi Uluğbek Qosimov bilan qator hamkorlik loyihalarini muhokama qilgandi.


















