"Manchester Yunayted" muxlislari jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourino iste'foga ketishi aytilgan bannerli samolyotning jamoaning uy stadioni ustidan uchib o‘tishini tashkillashtirishga pul to‘plamoqdalar. Bu haqda aksiya tashabbuschilari tvitterda ma'lum qildilar.
Taxmin qilinishicha, bannerda "Mourino, yo‘qol" degan yozuv bo‘ladi.
Hozirda "MYu" Angliya chempionatida 8-o‘rinda ketmoqda. Nomdor jamoa 10 ta turdan keyin 15 ochko to‘plagan.