Xitoy koinotga Yunhai-1 meteorologik yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda SINA portaliga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Chanchjen-2D" raketa-tashuvchisi sun'iy yo‘ldosh bilan birga Tszyutsyuan kosmodromidan uchirildi.
Telekommunikatsion yo‘ldosh Yer atmosferasini o‘rganish va ilmiy-texnik tajribalarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
Ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldosh Xitoy aerokosmik ilmi va texnikasi korporatsiyasining Shanxaydagi bo‘limi tomonidan yaratilgan.