8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

22:40 / 21.11.2016 8352

Yapon askarlari 70 yildan beri ilk marotaba xorijga jangovar vazifa bajargani yuborildilar

Foto: Yuya Shino / Reuters

Yapon askarlari Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marotaba xorijda qurol ishlatish va jangda ishtirok etishni ko‘zda tutuvchi missiyada ishtirok etishadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Tokio Janubiy Sudanga tinchlikparvar kuchlarini jo‘natdi. Yaponiya mudofaa kuchlarining 350 askari bu davlatda infratuzilma obektlarini barpo etish bilan shug‘ullanadi. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, 2015 yilda Yaponiya qonunchiligiga kiritilgan tuzatishlar harbiylar majburiyatlarini anchagina kengaytirdi. Endi agar BMT missiyasi xodimlari yoki gumanitar ishchilar yordamga shoshilinch chaqirishsa, yapon harbiylari ularga yordamga borishlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yaponiyalik tinchlikparvar askarlar ko‘pincha adovatdagi tomonlarning nishoniga aylanadigan bazalarni qo‘riqlashga jalb qilinishlari ham mumkin.

Yaponiya muxolifati hukumatning bu qarorini keskin tanqid qilgan.

 

Top