17:49 / 01.12.2016
7612
Astronomlar Yer yaqinidagi eng kichik asteroidni o‘lchashdi
Foto: Fotolia

Arizona universiteti sayyorashunos olimlari Yerga yaqin joylashgan eng kichik asteroid - 2015 TC2 obekti parametrlari, vazni va boshqa xossalarini o‘rganib chiqishdi. Astronomical Journal'da shu mavzuda maqola chop etildi. 

"Yerga yaqin joylashgan asteroidlarning fizik xossalarini o‘rganish juda muhim, chunki ular insoniyatga katta xavf solishlari mumkin. Chelyabinsk uzra portlagan meteoroidning diametri atigi 20 metr bo‘lgan, lekin u o‘nlab odamlarga jarohat yetkazgan", - deydi Tusondagi (AQSh) Arizona universiteti olimi Stiven Tegler. 

So‘nggi bir necha o‘n yilliklarda butun dunyo olimlari yer yaqinidagi asteroidlarni faol kuzatishmoqda va ular borasida o‘ziga xos "yozuvlar" olib borishmoqda. Olimlar bu yo‘l bilan asteroidlarning insoniyatga qanchalik tahdid solishini tushunishga harakat qilishmoqda. Yer yaqinida asteroidlar shu qadar ko‘pki, astronomlar ularning Yerga qulash xavfini baholash uchun maxsus jadval tuzishlariga to‘g‘ri kelgan. 

2015 TC2 hech qachon meteorit bo‘la olmaydi - uning hajmi va vazni Yer atmosferasi bilan "uchrashish" uchun juda kichiklik qiladi. Olimlarning hisoblariga ko‘ra, uning diametri - 1,7dan 3,3 metrgacha. U kremniy tog‘ jinslaridan iborat yorqin sathga ega. Asteroid katta tezlikda - har ikki daqiqada bir marta aylanadi.

Mavzuga oid
Top